20 may 2026
101
Ishtixonlik yosh bokschilar uchun mahorat saboqlari tashkil etildi
Ishtixon shahriga tashrif doirasida hududdagi sport maktablarining faoliyati va ularda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar yaqindan koʻzdan kechirildi. Oʻrganishlar davomida sport maskanlarining moddiy-texnik bazasi, toʻgaraklarning tashkil etilishi va yoshlarning sport bilan shugʻullanishi uchun mavjud imkoniyatlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Mutasaddilar muassasalardagi mashgʻulotlar jarayoni bilan tanishib, kelgusida sport infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha zarur tavsiyalarni berdilar. Ushbu tashrif yosh sportchilar uchun haqiqiy motivatsiya manbaiga aylandi. Chunki dastur doirasida mamlakatimiz faxri boʻlgan taniqli bokschilar Navbahor Hamidova hamda Nigina Oʻktamova ishtirokida mahorat saboqlari tashkil etildi.




















